14:42 / 10.03.2019
6 680

Ukrainadagi millatchilar prezident Poroshenkoni qochib qolishga majbur etdi

Ukrainadagi millatchilar prezident Poroshenkoni qochib qolishga majbur etdi
Ukrainadagi “Milliy korpus” muxolifatchi millatchilardan iborat tashkilot vakillari mamlakat prezidenti Petr Poroshenkoning Cherkassdagi chiqishi paytida tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Millatchilar undan mudofaa sanoatiga tegishli pullarning oʻgʻirlanishi xususida tushuntirish berishni talab qila boshlashdi.

Ular baravariga “Sahnada qolasan! Bizning savollarimizga javob berasan! Prezident bizdan qochib qutula olmaydi!” deya hayqira boshlashdi.

Poroshenko vaziyatni koʻrgach, qoʻriqchilar hamrohligida qochib qolishga majbur boʻldi. Millatchilar prezident kortejini oʻrab olishga harakat qilib, fayerlarni yoqqan holda zaharli gaz sepa boshlashdi. Natijada ular va politsiyachilar oʻrtasida jiddiy toʻqnashuvlar yuzaga keldi. Toʻqnashuvlar chogʻida 10 nafar politsiyachi, jumladan, viloyat politsiya boshqarmasi rahbari Valeriy Lyutыy jiddiy jarohat oldi.

Eslatib oʻtamiz, shu yil 2 mart kuni millatchilar Kiyevdagi markaziy maydonda marsh tashkil etib, Poroshenkoning qamoqqa olinishini talab qilishgandi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainadagi millatchilar prezident Poroshenkoni qochib qolishga majbur etdi