19:30 / 10.03.2019
5 180

Ukraina harbiylari kiyimida bosh chanoq surati paydo boʻladi

Ukraina harbiylari kiyimida bosh chanoq surati paydo boʻladi
Bu oʻzgarish asosan Ukraina quruqlikdagi qoʻshinlarining uchta jangovar brigadasi harbiylari kiyimida oʻz aksini topadi. Shu haqda mamlakat bosh qoʻmondoni Viktor Mujenko rasman maʼlum qilgan.

Qoʻmondonning aytishicha, Chernыx Zaporojsev nomidagi 72- mexanizatsiyalashgan brigadasi harbiylari kiyimidagi emblema qizil-qora rangda boʻlib, unga bosh chanoq surati chizilgan va “Ukraina yoki oʻlim” yozuvi bitilgan. Yana ikkita brigada harbiylari kiyimidagi yangi emblemaga “Xudoning marhamati bilan” hamda “Gʻalaba sari birgalikda” kabi yozuvlar joylashtirilgan.

Mujenko shu narsani alohida taʼkidlab oʻtdiki, ushbu oʻzgarishlarga Ukraina shoiri Taras Shevchenko tugʻilgan kunga 205 yil toʻlishi munosabati bilan qoʻl urilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina harbiylari kiyimida bosh chanoq surati paydo boʻladi