Latviya prezidenti Raymond Veyonis Germaniyadagi Spiegel nashriga bergan intervyusida Yevropa mamlakatlarini “Rossiyani toʻxtatish uchun” birlashishga chaqirdi.
Siyosatchining soʻzlariga koʻra, rasmiy Moskva keyingi vaqtlarda “oʻz geosiyosiy maqsadlariga erishish” uchun agressiv siyosat yuritmoqda.
“Biz qoʻshni davlatlar hisoblanamiz va umumiy iqtisodiy manfaatlarga egamiz, ammo boshqa tomondan biz diqqatli boʻlishimiz kerak. Ular tiyilib turishiga ishonchimiz komil boʻlmogʻi kerak”, degan u.
Veyonis Yevropaga birlik zarurligi, aks holda Rossiya qitʼadagi davlatlarga hujum qilishi mumkinligini qoʻshimcha qilib oʻtgan va Ukrainani misol qilib keltirgan.
Latviya prezidenti rasmiy Moskva “Latviyadagi rus tilli aholiga kuchli taʼsir koʻrsatishi” haqidagi fikrlarini bildirib oʻtgan. Uning aytishicha, bunday taʼsirga tushgan kishilar rus maktablari latish maktablariga aylantirilishiga qarshi aksiyalar uyushtirmoqda.
Bundan tashqari, Veyonis “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri qurilishini tanqid qilib, buni “geosiyosiy loyiha” deb atagan.
Bundan avvalroq, Latviyadan tashqari Litva va Polsha ham “Shimoliy oqim-2” qurilishiga qarshi chiqishgandi, bu davlatlar loyiha amalga oshirilishiga qarshiliklarini qoʻshma bayonot orqali bildirishgan. Bu davlatlar yetakchilarining fikricha, loyiha siyosiy hisoblanadi. Rossiya bir necha marta gaz quvurini taʼsir doirasini kengaytirish vositasi sifatida qabul qilmaslikka chaqirgan. Vladimir Putinning soʻzlariga koʻra, rasmiy Moskva bu loyihaga faqat iqtisodiy jihatdan yondashadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi