11:39 / 11.03.2019
4 864

“Lokomotiv” joylashgan mehmonxonada yongʻin yuz berdi

“Lokomotiv” joylashgan mehmonxonada yongʻin yuz berdi
Bugun, 11 mart kuni “Lokomotiv” Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-tur uchrashuvi doirasida Qatarning “Al-Rayyan” klubi mehmoni boʻladi.

Alisher Nikimbayev bergan maʼlumotlarga koʻra, “temiryoʻlchilar” joylashgan Wyndham Grand Regency mehmonxonasida yongʻin sodir boʻldi.

Tunda Dohadagi “Lokomotiv” joylashgan “Wyndham Grand Regency” mehmonxona qahvaxonasida yongʻin sodir boʻldi. Barcha mehmonlar tezda evakuatsiya qilingan va “Lokomotiv” delegatsiyasi qoʻshni mehmonxonaga koʻchib oʻtdi" - deyiladi Nikimbayev Telegram kanalida.

Eslatib oʻtamiz, “Al-Rayyan” hamda “Lokomotiv” oʻrtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 20:35da boshlanadi.

Manba: t.me/ANikimbaev

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Lokomotiv” joylashgan mehmonxonada yongʻin yuz berdi