Foto: “Facebook”/Antonis Mavropoulos
Efiopiyada “Boeing 737” samolyoti halokatga uchrab, bortidagi barcha insonlar halok boʻlgani haqida xabar bergandik. Afinalik sayyoh Antonis Mavropoulos ham ularning orasida boʻlishi mumkin edi, agar yukini topshirishga ulgurganida, agar ikki daqiqaga kechikmaganida...
Qaygʻuli “Ethiopian Airlines” reysining yagona omon qolgan yoʻlovchisi bu haqda “Greek Reporter”ga soʻzlab bergan.
“Odamlar samolyotga chiqishayotganini oʻz koʻzim bilan koʻrib turardim. Meni esa chiqarishmaganiga juda jahlim chiqqandi”, — dedi Mavropoulos.
Antonis Mavropolulosning aviachiptasi. Foto: “Facebook”/Antonis Mavropoulos
Fojiadan soʻng uni politsiya soʻroqqa chaqirgan: birgina uning samolyotga chiqmagani shubha uygʻotgandi. Biroq yuklari oʻzidaligini koʻrib, qoʻyib yuborishgan.
“Ethiopian Airlines”ga qarashli “Boeing 737” layneri Addis-Abeba (Efiopiya) aeroportidan parvoz qilganidan soʻng oradan olti daqiqa oʻtib, 60 kilometr uzoqlikda qulab tushgan. Samolyot Nayrobi (Keniya)ga uchayotgandi. Uning bortida barcha insonlar — 157 kishi halok boʻlgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi