06:02 / 12.03.2019
3 885

Xitoy Boeing 737 MAX samolyotlarida parvoz qilishni taʼqiqladi

Xitoy Boeing 737 MAX samolyotlarida parvoz qilishni taʼqiqladi
Xitoy fuqaro aviatsiyasi qoʻmitasi, Efiopiyadagi samolyot halokatidan keyin, vaziyat oydinlashmaguniga qadar Boeing 737 MAX samolyotlarida parvozlar amalga oshirishni taʼqiqlab qoʻydi, deb yozmoqda Sof.uz nashri.

Gap shundaki, soʻnggi bir necha oy ichida 2017 yilda ekspluatatsiyaga kiritilgan ushbu samolyotlarning ikkitasi qulab tushdi: Biri oʻtgan yili Indoneziyada ikkinchisi – kechagina Efiopiyada. Ikkala aviahalokat ham parvoz boshlanganidan bir necha daqiqa oʻtib, samolyot balanlikka koʻtarilish vaqti sodir boʻlgan.

Boeing kompaniyasi oʻtgan yilning noyabr oyida ushbu samolyotni ekspluatatsiya qilayotgan barcha kompaniyalarga, aviahalokatni oʻrganishning dastlabki xulosalariga asoslangan, ogohlantirish xati yuborgan edi. Unda parvozni nazorat qilish tizimining xato koʻrsatgichlari samolyotni keskin shoʻngʻishiga olib kelishi ehtimoli borligi xabar qilingan edi. Aniqlanishiga koʻra, indoneziyada halokatga uchragan samolyotning tezlik koʻrsatgichi soʻnggi 4ta parvoz davomida notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatgan.

Maʼlumot uchun, Boeing 737 MAX – amerika kompaniyasining ushbu turdagi samolyotlari orasida eng koʻp sotilgani hisoblanadi. Bugungi kunda Xitoyda 60ta Boeing 737 MAX samolyotlari ekspluatsiya qilinmoqda.

Eng soʻnggi damda olingan maʼlumotlarga koʻra, Boeing korporatsiyasi Efiopiyadagi aviahalokat tufayli 13 mart kuniga moʻljallangan Boeing 777X samolyotining taqdimot marosimini bekor qilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy Boeing 737 MAX samolyotlarida parvoz qilishni taʼqiqladi