Xitoy cheklanmagan energiya manbai boʻladigan “sunʼiy quyosh” yaratishni yakunlamoqda

  • 12 mart 2019, 13:51
  • 1 739
  • Dunyo
  • Xitoy cheklanmagan energiya manbai boʻladigan “sunʼiy quyosh” yaratishni yakunlamoqda
    2019 yilda Xitoyning termoyadro sintezi uchun tajribaviy reaktori EASTʻni yaratish jarayoni yakunlanadi. Bu haqda Xitoyning milliy yadro korporatsiyasi rahbari Duan Suru maʼlum qildi.

    “Sunʼiy quyosh” deb ataluvchi qurilma Quyoshdagi yadro sintezi jarayoniga oʻxshash reaksiyani yaratishga imkon beradi. Shu tariqa fiziklar cheklanmagan energiya manbasini olishga umid qilishmoqda

    Suruning aytishicha, yangi tokamak (magnit gʻaltakli toroidal kamera) ionlarni Selsiy boʻyicha 100 mln darajagacha qizdirishi mumkin, bu esa Quyoshning ionlaridan 7 marta issiqroqdir. Bu temperatura chegarasiga yetish termoyadro reaktorlarini yaratishning shartlaridan biri hisoblanadi.

    Noyabrda xitoylik olimlar elektronlarni plazmada 100 mln darajagacha, ionlarni esa 50 mln darajagacha qizdirishga muvaffaq boʻlishganinini maʼlum qilishgan.

    » » Xitoy cheklanmagan energiya manbai boʻladigan “sunʼiy quyosh” yaratishni yakunlamoqda