14:13 / 12.03.2019
4 566

Britaniyalik 4 yoshli qizaloq eng yosh vunderkind deb tan olindi

Britaniyalik 4 yoshli qizaloq eng yosh vunderkind deb tan olindi
Buyuk britaniyalik 4 yoshli qiz IQ koʻrsatkichi 140 ballni tashkil etgani uchun dunyoning eng yosh daholaridan biri deb tan olindi. Bu haqda Daryo xabar berdi.

Angliyaning Ayver shahrida yashovchi Alana Jorj yuqori IQ egalarining xalqaro “Mensa” tashkilotining eng yosh aʼzosiga aylangan. Uning ota-onasi Nadin va Edmundning aytishicha, qizcha kichikligidayoq harflar va raqamlarga qiziqqan hamda hech kimning yordamisiz oʻqishni oʻrgangan.

Ayol qizining vunderkind ekanini Alana yetti oyligidayoq ilk soʻzlarni talaffuz qila boshlaganida bilgan. Bir yil oʻtmasidan toʻliq gaplar bilan gaplasha olgan. Uch yoshida mustaqil ravishda sevimli ertaklaridan parchalarni oʻqishni oʻrgangan. Nadin qizining aqliy rivojlanishini tekshirtirish uchun mutaxassislarga murojaat qilgan. Testlar natijasi shuni koʻrsatganki, qizcha 7 yoshli bola darajasida oʻqimoqda va 6,5 yosh darajasida oʻylab, gaplashmoqda.

Ayni paytda Alana Buyuk Britaniya qirollik oilasining aʼzolari oʻqigan maktabga boradi. Onasi qizining maktabda zerikmasligi va tengdoshlari bilan teng ravishda “baxtli bolalik”ni his qilishini ehtiyotkorlik bilan kuzatib boradi.

“Mensa” xuddi shu yoshdagi aqlli odamlarning ikki foizini oʻz ichiga oladi. Nashr maʼlumotlariga koʻra, kattalar oʻrtacha 100 ballik IQga ega. Nazariyachi fiziklardan Stiven Xoking va Albert Eynshteynning koʻrsatkichlari taxminan 160 ball deb baholanadi, ammo ular test topshirmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyalik 4 yoshli qizaloq eng yosh vunderkind deb tan olindi