11:59 / 12.03.2019
4 836

“UFC” yulduzi Konor MakGregor hibsga olindi

“UFC” yulduzi Konor MakGregor hibsga olindi
Aralash qoidalar jangchisi Konor MakGregorning fanatlaridan biri u bilan birga rasm tushmoqchi boʻlganida muxlisga nisbatan xatti-harakatlari tufayli hibsga olingan.

Mayami politsiyasining bergan maʼlumotlariga koʻra, Konor MakGregor dushanba kuni ertalab AQSHning Florida shtatidagi “Fontainebleau Miami Beach” mehmonxonasidan chiqib ketayotganida uning muxlislaridan biri uyali telefonida Aralash qoidalar jangchisi bilan suratga tushmoqchi boʻlgan, ammo Konor suratga tushishni rad etgan va muxlisning qoʻlidagi telefonini tortib olib yerga tashlagan va bir necha marta tepib telefonni chilparchin qilgan.

Muxlisning aytishicha, telefonning narxi 1000 AQSH dollari boʻlgan.
Politsiya Konor MakGregorga nisbatan qurolli tajovuz va axloqiy buzuqlik kabi jinoyatlar bilan ish ochgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “UFC” yulduzi Konor MakGregor hibsga olindi