07:01 / 13.03.2019
20 928

Usmoniylar imperiyasi tarixi: “Xurram Sulton avval Salim I ning kanizagi boʻlgan…”

Usmoniylar imperiyasi tarixi: “Xurram Sulton avval Salim I ning kanizagi boʻlgan…”
Koʻpchilik Xurram Sulton haqida gap ketganda, usmoniylar imperiyasining oʻninchi sultoni Sulaymon Qonuniyni koʻz oldiga keltiradi. Ular orasida paydo boʻlgan kuchli muhabbat haqida joʻshib soʻzlaydi. Lekin tarixiy manbalarga nazar tashlaydigan boʻlsak, millionlab tomoshabinlar eʼtiboriga havola etilgan va etilayotgan “Muhtasham yuz yil” teleserialidagi Xurram voqeasi aslida 80 foizga toʻqima ekani koʻrinib qoladi.

Tarixiy maʼlumotlarda taʼkidlanadiki, Xurram sulton Sulaymonga qadar otasi Salim I ning eng sevimli kanizagi boʻlgan. Podshoh umrining soʻnggi ikki yili davomida Xurram Sultonning mehr-muhabbatidan bahramand boʻlgan. Xurram shoh yotogʻiga boshqa kanizaklarga nisbatan oʻn hissa koʻproq qatnash imkoniga ega boʻlgan. Salim I olamdan oʻtgach, unga tegishli haram oʻgʻli va merosxoʻri Sulaymonning ixtiyoriga oʻtgan. Xurram va sulton Sulaymon orasidagi ishqiy munosabatlar, muhabbat Salim I oʻlimidan keyin juda tez fursatda kurtak yozgan.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Usmoniylar imperiyasi tarixi: “Xurram Sulton avval Salim I ning kanizagi boʻlgan…”