15:52 / 12.03.2019
9 789

Rossiyada Vladimir Putinga “qabrtoshi” qoʻygan shaxs qoʻlga olindi

Rossiyada Vladimir Putinga “qabrtoshi” qoʻygan shaxs qoʻlga olindi
Rossiyaning Naberejniye Chelni shahrida siyosiy faollardan boʻlgan Karim Yamadayev prezident Vladimir Putinning “qabrtosh”ini qoʻygan holda hududiy tergov boshqarmasi binosi oldida miting oʻtkazganlikda gumonlanib qoʻlga olindi.

Norozilik aksiyasi 10 mart kuni oʻtkazilgan. Shu kuni Rossiyaning turli shaharlarida Internet erkinligini talab qilib mitinglar oʻtkazilgan. Taxminan soat 08:30 da tergov boshqarmasi binosi oldida metall panjara va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tugʻilgan va “vafot etgan” yillari: 1952—2019-yozilgan “qabrtosh” qoʻyilgan.

Xabarda aytilishicha, ishtirokchilar bunga “Putin erkin internetni dafn qildi, Naberejniye Chelni aholisi Putinni dafn qildi”, — deb izoh bergan.
Karim Yamadayev 10 mart kuni qoʻlga olinib, Naberejniye Chelni markaziy militsiya boʻlimiga olib ketilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada Vladimir Putinga “qabrtoshi” qoʻygan shaxs qoʻlga olindi