18:50 / 12.03.2019
6 535

Moskvadagi xonadonlardan birida “maugli bola” topildi (foto, video)

Moskvadagi xonadonlardan birida “maugli bola” topildi (foto, video)
Moskvadagi kvartiralaridan birida ochlik va charchoqdan sillasi qurigan besh yoshli Lyuba ismli qiz topildi, deb yozadi “Daryo”.
Dastlabki tekshiruvlarda bolada ijtimoiy koʻnikmalar mutlaqo yoʻqligi aniqlangan.

Xabarda aytilishicha, Luningradskiy shosse koʻchasida joylashgan xona axlat bilan toʻla, bola esa ust-boshi kir holda topilgan. Bola zudlik bilan Tushin kasalxonaga yetkazilgan.

Qoʻshnilarining aytishicha, uning onasini bir necha kundan beri koʻrishmagan. Lekin u piyonista ham boʻlmagan, ruhiy kasalga ham oʻxshamagan. Biroq xonadonga hech kimni kiritmagan.

Ularning taʼkidlashicha, uyga kiraverishda bir necha oy davomida boʻsh qutilar, keraksiz narsalar toʻplanib borgan. Qoʻshnilar ularni tashlab yuborishni soʻragan, lekin ayol bunga eʼtibor bermagan.

Lyuba umuman koʻchaga chiqmay qoʻygach va zinapoyada noxush hid paydo boʻlganidan soʻng qoʻshnilarda shubha paydo boʻlgan. Biroq uning onasi noxush hidni kanalizatsiya trubasidagi muammo bilan bogʻliq deb bahona qilgan.

Qoʻshnilar qizcha vaqti-vaqti bilan yigʻlashini eshitgani uchun mahalla nozirini chaqirtirgan. Bu safar ham qizning yigʻisi bir necha soat davom etganligi uchun chaqitirilgan politsiya kvartiraga buzib kirgan.

Qizning onasi 45 yoshli Irina Garashenko kvartiraga ertasi kuni kelgan va u qoʻlga olingan. Voqea yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Foto: “Vesti.ru”

Foto: “Vesti.ru”

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvadagi xonadonlardan birida “maugli bola” topildi (foto, video)