22:05 / 12.03.2019
5 506

Aleksandr Sekalo 27 yoshli qozogʻistonlik ayolga uylandi

Aleksandr Sekalo 27 yoshli qozogʻistonlik ayolga uylandi
Foto: womanhit.ru
Rossiyalik mashhur shoumen Aleksandr Sekalo Qozogʻistonning 27 yoshli fuqarosi Darina Ervin bilan turmush qurdi, deya xabar beradi “Daryo”.

Sevishganlar yaqinlar va doʻstlari davrasida Beverli-Hillzda nikohdan oʻtgan. Sekalo va Darina bir muddatga dabdabali toʻydan voz kechgan.

Darina oʻz familiyasida qolishni istagan, ammo birozdan soʻng u erining familiyasini olishga qaror qilgan. Aleksandr Sekalo sevgilisidan 30 yosh katta. Aytgancha, bu narsa Darinaning otasiga yoqmagan.

Manba maʼlumotlariga koʻra, nikoh toʻyini sevishganlar may oyida oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Tantana qayerda oʻtishi hozircha maʼlum emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aleksandr Sekalo 27 yoshli qozogʻistonlik ayolga uylandi