11:36 / 13.03.2019
3 890

Internet yaratuvchisi uning kelajagidan tashvish bildirdi

Internet yaratuvchisi uning kelajagidan tashvish bildirdi
Internet yaratuvchilaridan biri Tim Berners-Li internetni “nobop” deb atagan ochiq maktub eʼlon qildi.

Olimning taʼkidlashicha, insoniyat internetni qutqarish uchun harakat qilishi lozim, aks holda uni toʻliq muvaffaqiyatsizlik kutmoqda. Berners-Lining aytishicha, internet zamonaviy hayotni sezilarli yengillashtirishga imkon bergan, biroq u bilan bogʻliq bir qator salbiy oqibatlar, jumladan firibgarliklar, adovat va nafratni tarqatish kabilar mavjud.

“Internetning suiisteʼmol qilinishi haqidagi koʻplab voqealardan keyin koʻplab odamlar undan qoʻrqishlari va “jahon oʻrgimchak toʻri” ezgulik kuchi ekanligigiga ishonqiramasliklariga ajablanmasa ham boʻladi”, deb aytilgan olimning maktubida.

Berners-Li, shuningdek, axborotning nazoratsiz tarqatilishi oqibatida yuzaga keluvchi salbiy oqibatlarga ham eʼtibor qaratgan. Uning aytishicha, onlayn-hamjamiyat bunday holatlarga qarshi kurashishi lozim.

“Tarmoq – hamma uchun, uni oʻzgartirish uchun hammada kuch bor. Bu oson boʻlmaydi. Biroq biz biroz orzu qilib, harakat qilsak, unda oʻzimiz istagandek internetni olamiz”, deb oʻz soʻzlarini intiholagan olim.

Internetni yaratish gʻoyasi Berners-Lida 1980-yillar oʻrtalarida Yevropa yadroviy tadqiqotlar tashkilotidagi faoliyati davomida paydo boʻlgan. Oʻsha kezlarda olim internetning prototipi boʻlgan Enquire dasturini yaratish ustida ishlagan. “Jahon oʻrgimchak toʻri” nomini ham aynan Berners-Li oʻylab topgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Internet yaratuvchisi uning kelajagidan tashvish bildirdi