Amerikalik ayol bir kunning oʻzida 30 marta lotereyadan pul yutdi

  • 13 mart 2019, 14:20
  • 2 026
  • Dunyo
  • Amerikalik ayol bir kunning oʻzida 30 marta lotereyadan pul yutdi
    Foto: Virginia Lottery
    AQSHning Virjiniya shtatida yashovchi Debora Braun ismli ayol bir kunning oʻzida 30 karra lotereya gʻolibi boʻldi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.

    Ayol oʻz ichki ovoziga ishonib, lotereya biletini sotib olishga qaror qilgan. U birdaniga 20 ta Pick 4 lotereyasini olgan, ularning har biri 1 dollar boʻlgan.
    Barcha biletlarda bir xil raqamlar kombinatsiyasini koʻrgan ayol yana 10 ta bilet olishga qaror qilgan.

    Maʼlum boʻlishicha, 30 ta biletning barchasi ayolga omad keltirgan va har biri uchun 5 ming dollardan yutib olgan. Braun bunday omaddan hayajonga tushib qolgan hamda yutib olgan 150 ming dollarini qayerga sarf qilishini hali bilmaydi.

    » » Amerikalik ayol bir kunning oʻzida 30 marta lotereyadan pul yutdi