18:02 / 13.03.2019
5 560

“Qirgʻiziston goʻzali” hojilar uchun liboslar toʻplamini taqdim etdi

“Qirgʻiziston goʻzali” hojilar uchun liboslar toʻplamini taqdim etdi
Foto: “Nur.kz”
Bishkekda Saudiya Arabistoniga haj ziyorati uchun yoʻl oladigan hojilar uchun libosni “Qirgʻiziston goʻzali” Aykol Alikjanova tikadi. Sobiq model bir yil avval hijobga kirgan va muslimalarga xos boʻlgan liboslar toʻplamini taqdim qilgan edi, deya xabar beradi “Muslimat.uz”.

Keng bichim, koʻzga tashlanmaydigan ranglar – uning liboslari mamlakatning koʻpchilik aholisi tomonidan iliq kutib olindi. Biroq Aykol haj ziyorati liboslari uchun eng yaxshi dizayn tanlovida qoʻlga kiritgan gʻalabasini oʻzining eng yuksak yutugʻi deb hisoblaydi.

Tanlovda 13 ta nomzod ishtirok etdi. Asosiy eʼtibor kiyimning qulayligi, rangi va dizayniga qaratildi. Hakamlar Aykol tanlagan oq matolarni “havo oʻtkazadigan” va gipoallergen deya baholadi. Saudiya Arabistonida avgustda boʻladigan haj mavsumida havo harorati 40 darajaga yetadi.

“Hamma bir xil libosda boʻlsa, bir-birini topish osonroq boʻladi. Shuningdek, oq liboslarga qarash yoqimli”, deydi Qirgʻiziston musulmonlar diniy idorasi Haj va umra boʻlimi xodimi Abdulaziz Chinibekov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Qirgʻiziston goʻzali” hojilar uchun liboslar toʻplamini taqdim etdi