23:30 / 13.03.2019
4 969

Kirkorovning hayotiga suiqasd uyushtirganlar bu ishda Galkinni ayblashmoqda

Kirkorovning hayotiga suiqasd uyushtirganlar bu ishda Galkinni ayblashmoqda
2017 yili toʻrt nafar dogʻistonlik Rossiya xalq artisti, Alla Pugachyovaning sobiq turmush oʻrtogʻi Filipp Kirkorov hayotiga suiqasd uyushtirishda ayblanib qoʻlga olingan. Oʻshanda 6 iyul kuni Dogʻistondagi “Xazar” restoranida Filip Kirkorov konsert bergan. Konsert paytida toʻrt jinoyatchi portlovchi qurilmalarni ishga tushirishi kerak edi. Ular 20 yoshli Xidirnabi Kazuyev, Gabibula Xalduzov, Samir Ibragimov, Shamil Muhammedov edi.

Ular qoʻlga olingandan beri koʻp marotaba koʻrsatmalarini oʻzgartirishdi. Tergovchilar jinoiy ish tafsilotlarini oʻrganib chiqqach, bu harakatlarni terrorga yoʻyishdi. Chunki olingan maʼlumotlar terrorni toʻliq qoʻllab-quvvatlardi. Yaʼni, Xidirnabi dunyoda faoliyati taqiqlangan “ISHID” jangari kallakesarlar guruhi bilan yaqin aloqada boʻlgan. Ular Xidirnabini kerakli qurol-aslaha, bomba yasash uchun xom-ashyo bilan taʼminlagan.

Lekin oradan ancha vaqt oʻtib, Xidirnabi ham, hamtovoqlari ham bu ayblovni keskin rad eta boshlashdi. Aytishdiki, aslida restoranda ular terror harakati uyushtirishni moʻljallashmagan. Aksincha, Filipp Kirkorovning oʻzini oʻldirishga chogʻlanishgan. Bu suiqasdga esa Alla Pugachyovaning hozirgi eri shoumen Maksim Galkin buyurtma bergan. Galkin Xidirnabi va uning sheriklariga Kirkorovni oʻldirsa, 2 million rubl miqdorida haq toʻlashni vaʼda qilgan. Oldindan pullarning yarmisini va smartfon, simkarta taqdim etgan.

Toʻrt jangari oldindan bombalarni ham hozirlab qoʻyishgan. Faqat keyinchalik, aniqrogʻi, konsert boshlangan kuni Xidirnabi va sheriklari bu ishni amalga oshirishdan bosh tortishgan. Oʻylab koʻrishsa, suiqasd tufayli koʻp odam oʻlib ketarkan. Shunday qilib, Kirkorovning joniga qasd qilish operatsiyasi bekor qilingan. Berilgan 1 million rublni esa Xidirnabi bombalar yasashga sarflab yuborgan.

Hozir ham toʻrt jangari tergovchilar tarafidan qabul qilingan terror harakati uyushtirishga hozirlik koʻrish versiyasini rad etishmoqda.
Maksim Galkin esa xuddi shu mavzuda sharh berishdan bosh tortdi. Aytdiki, bunaqangi qotilliklar uning tabiatiga, imijiga xos emas.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kirkorovning hayotiga suiqasd uyushtirganlar bu ishda Galkinni ayblashmoqda