14:45 / 14.03.2019
4 013

VKontakte Putinning “qabrtoshi” rasmi boʻlgan postlarni qaytardi

VKontakte Putinning “qabrtoshi” rasmi boʻlgan postlarni qaytardi
Foto: Facebook/Raushan Valiullin
VKontakte ijtimoiy tarmogʻi Vladimir Putinning “qabrtoshi” boʻlgan postlarni koʻrib chiqib, uni qaytarishga qaror qildi, deb yozadi Daryo nashri.

Bu haqda VKontakte matbuot kotibi Dmitriy Lushnikov maʼlum qilgan.

“Avvalroq ushbu suratlarda montaj va fotoshop belgilari kuzatilgan. Keyinroq Naberejniye Chelni shahar sudi aksiya haqiqatan ham oʻtkazilganini tasdiqlagan, installyatsiyaning ogʻzaki taʼrifi esa ijtimoiy tarmoqda tarqalgan suratlarga mos kelgan”, — degan u.

Uning taʼkidlashicha, bu tasdiqlanmagan maʼlumotning ommaviy tarqalishiga qarshi koʻrilgan choralarning birinchisi emas. Yuqoridagi vaziyatda suratlarni soxta deb topgani uchun ularni yashirib qoʻyib adashgan, vaziyat oydinlashgach ularni qaytarishga qaror qilgan.

Eslatib oʻtamiz, 10 mart kuni aksiya oʻtkazilib, Rossiyaning Naberejniye Chelni shahridagi hududiy tergov boshqarmasi binosi oldida prezident Vladimir Putinning “qabrtoshi” qoʻyib ketilgan.

VKontakte tarmoqda tarqalgan suratlarni prezidentning oʻlimi haqida tarqatilgan yolgʻon maʼlumot deb topib, ushbu suratlar boʻlgan postlarni oʻchirib tashlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » VKontakte Putinning “qabrtoshi” rasmi boʻlgan postlarni qaytardi