11:39 / 14.03.2019
7 054

Tojik - Qirgʻiz chegarasida qirgʻizlar oʻqotar quroldan foydalanib 30 nafar tojik garovga olishgani rostmi? (foto)

Tojik - Qirgʻiz chegarasida qirgʻizlar oʻqotar quroldan foydalanib 30 nafar tojik garovga olishgani rostmi? (foto)
13 mart kuni Qirgʻiziston tomoni oʻzaro kelishuvlarga qaramay, Vorux jamoatida mojaroga sabab boʻlgan “Koʻktosh-Oqsoy-Tamdik” yoʻli qurilishini boshladi. Bu haqda Tojikiston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi Chegara qoʻshinlari bosh boshqarmasi rasmiy bayonotida aytiladi.

Bayonotida aytilishicha, Qirgʻiziston tomoni aholiga qarshi oʻqotar qurollardan foydalangan va 30 nafar tojikistonlikni garovga olgan.

“Vorux jamoati aholisi yoʻl qurilishiga qarshi norozilik bildirganida, qirgʻiz tomoni ularga qarata oʻq uzdi, - deyiladi bayonotda. - Bundan tashqari, Qirgʻiziston kuch tuzilmalari «Isfara-Vorux” yoʻlini yopib qoʻyib, Voruxda yashovchilar - yoʻnalishli avtobus yoʻlovchilarini garovga oldi. Ular “Oqsoy” chegara otryadida ushlab turilgan. Vorux jamoatida Qirgʻizistonning Botken viloyati Oqsoy jamoati raisi Erkin Jalchiyev boshchiligidagi 50-60 kishi Vorux jamoati aholisiga qarata tosh otishgan. Natijada 11 kishi ogʻir jarohat olib, shifoxonaga olib ketildi».

Garovdagilarning taqdiri haqida bayonotda hech narsa deyilmagan, biroq “AP”ning Vorux aholisiga asosan xabar berishicha, ular Qirgʻiziston fuqarosi bilan almashtirilgan.

“Dastlab ayollar va bolalar ozod etildi. Keyin chegarachilarimiz Qirgʻiziston fuqarosini garovga olishdi. Aynan u garovdagilarga almashtirildi”, - deya xabar bergan mahalliy aholi vakili.

Shuningdek, Tojikiston MXDQ oʻz bayonotida 43 yoshli Husayn Hakimov halok boʻlganini tasdiqladi. Xabarga koʻra, u ov miltigʻidan otilgan oʻq tufayli vafot etgan.

“Husayn Hakimov yuragidan yaralandi va kasalxonada vafot etdi. Shuningdek, militsiya katta inspektori 46 yoshli Saidsharif Avazzoda, mahalliy aholi vakillari yaralandi”, - deyiladi bayonotda.

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi Chegara qoʻshinlari bosh boshqarmasi xabarida aytilishcha, hozir chegaradagi vaziyat barqaror va ikki davlat chegarachilari nazorati ostida.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojik - Qirgʻiz chegarasida qirgʻizlar oʻqotar quroldan foydalanib 30 nafar tojik garovga olishgani rostmi? (foto)