15:00 / 14.03.2019
4 000

“Pakana” laqabli narkobaron Loera Meksikaning sobiq prezidentini sudga berdi

“Pakana” laqabli narkobaron Loera Meksikaning sobiq prezidentini sudga berdi
“Pakana” laqabli meksikalik narkobaron Xoakin Gusman Loera Meksika bosh prokuraturasiga uning AQSHga topshirilishi bilan bogʻliq protsessual qonunbuzarliklar boʻyicha mamlakatning sobiq prezidenti Enrike Penye Nyeto ustidan sudga shikoyat qildi. Bu haqda Loeraning advokati Xose Luis Mesa maʼlum qildi.

Loera 2016 yil boshida Penya Nyeto prezidentligi vaqtida qoʻlga olingan, bir yildan keyin esa AQSHga topshirilgan. Bu yerda unga bir nechta shtat tomonidan AQSHga kokain yetkazish, qurolga noqonuniy egalik qilish va qotilliklarni tashkillashtirish boʻyicha ayblovlar qoʻyilgan. Yaqinda Nyu-York sudi Loerani unga qoʻyilgan barcha 10 ta ayblov boʻyicha aybdor deb topgan. Unga bu ayblovlar boʻyicha umrbod qamoq jazosi berilishi mumkin.

Loera advokatining aytishicha, narkobaron Meksika bilan chegaradosh boʻlgan Kaliforniya yoki Texasga yetkazilishi kerak edi, biroq u Nyu-Yorkka yetkazilgan. Bu esa Meksika va AQSH oʻrtasidagi ekstraditsiya haqidagi kelishuvga zid hisoblanadi. Bundan tashqari, ekstraditsiya oldidan Loerani 8 ta jinoyat boʻyicha Meksika sudlari tomonidan sudlanishi kerakligi haqidagi bandga amal qilinmagan.

Mesa Meksikaning amaldagi prezidenti Andres Manuel Lopes Obradorga Loeraning oilasiga koʻrsatishga vaʼda qilgan koʻmagi uchun minnatdorlik bildirgan. Lopes Obrador fevral oxirida narkobaronning yaqinlariga u bilan koʻrishish uchun AQSHga gumanitar vizalar olishda yordam berishga vaʼda bergan.

“Pakana” birinchi marta 1993 yilda Gvatemalada ushlanib, Meksikaga topshirilgan hamda 20 yillik qamoq jazosiga tortilgan. Biroq u 2001 yilda qatʼiy tartibdagi turmadan qochishga muvaffaq boʻlgan. Shundan keyin u Interpol boʻyicha qidiruvga berilgan. Jumladan, AQSH uning “boshi”ga 5 mln dollar vaʼda qilgan. Narkobaron 2014 yilda yana qoʻlga olingan, biroq bir yil oʻtgach qamoqdan 1,5 kmlik tunnel qazib qochishga muvaffaq boʻlgan. Jinoyatchi uchinchi marta 2016 yilda qoʻlga olinib, bir yildan keyin AQSHga topshirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Pakana” laqabli narkobaron Loera Meksikaning sobiq prezidentini sudga berdi