06:00 / 15.03.2019
6 258

Rossiya oʻzbekistonliklar hisobiga oʻz aholisini koʻpaytirmoqchi

Rossiya oʻzbekistonliklar hisobiga oʻz aholisini koʻpaytirmoqchi
Rossiya hukumati qoʻshni mamlakatlar fuqarolari hisobiga oʻz xududlari aholisini koʻpaytirish tizimini yaratmoqda. Maqsad ulkan: “yangi rossiyaliklar” adadini 5-10 million kishiga yetkazish. Bu haqida Rossiyadagi “Kommersant” nashri xabar berib oʻtdi.

Donor mamlakatlar sifatida esa rus tilida muloqot qiladigan aholi mavjud boʻlgan Ukraina, Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Moldaviya koʻrilmoqda. Ayni vaqtda tizimni tashkil etish ishlari yakuniga yetgan. Unga koʻra migratsiya siyosatining yangi konsepsiyasini 2019-2025 yillarda amalga oshirish koʻzda tutilgan. Vladimir Putinning 6 mart sanasida konsepsiyani amalga oshirish uchun ishchi guruh tuzish haqida koʻrsatmasi bu borada oxirgi qadam boʻldi.

Ishchi guruh 24 kishidan iborat boʻlib, unga turli vazirlik va idoralar xodimlari, Gosduma deputatlari kirgan. Prezident administratsiyasidagi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish boshqarmasi rahbari Maksim Travnikov ishchi guruhni boshqaradi.

Migratsiya masalasiga katta eʼtibor qaratishni Vladimir Putin talab qilmoqda. U oxirgi vaqtlarda Rossiyadagi demografik inqiroz haqida koʻp gapirmoqda. Putin oxirgi marta federal yigʻilish vaqtida bu mavzuda gap ochgan va Rossiya ogʻir demografik jarayonni boshidan oʻtkazayotgani, tugʻilish kamayib ketayotgani haqida gapirib, vaziyatga koʻnikib qolmasdan, qiyinchiliklarni yengib oʻtish lozimligini taʼkidlagan edi.

Yaqinda Rossiyada “Fuqarolik haqida” qonunga oʻzgarish kiritilishi kutilmoqda. Unga koʻra RF fuqaroligini olishni istaganlardan yashash joyidan roʻyxatdan oʻtish talabi olib tashlanishi koʻzda tutilgan. Shuningdek Ukraina fuqaroligidan Rossiya fuqaroligiga oʻtganlarga davlat idoralarida, xususan Ichki ishlar va boshqa huquq-tartibot organlarida ishlashga ruxsat berilishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya oʻzbekistonliklar hisobiga oʻz aholisini koʻpaytirmoqchi