Foto: Reuters
Hindistonlik tadbirkor soch koʻchirib oʻtkazish operatsiyasidan keyin vafot etdi. Bu haqda Times of Indiaʻga tayanib “Daryo” xabar berdi.
Logistika kompaniyasi xoʻjayini 43 yoshli Shravan Kumar Chaudxari Mumbaydagi plastik operatsiyaga ixtisoslashgan xususiy klinikalardan biriga 8 mart kuni oilasidan yashirincha murojaat qilgan.
Erkak 500 ming rupiya evaziga (72 dollar) bir vaqtning oʻzida 9250 soch tolasini koʻchirib oʻtkazishni soʻragan. Qoidaga koʻra, operatsiya davomida 3 mingdan ortiq soch tolasini oʻtkazish mumkin emas. Plastik jarroh faqat 3,7 ming soch tolasini koʻchirib oʻtkazishga rozi boʻlgan. Operatsiya 12 soat davom etgan. Qoidaga koʻra, operatsiya uzogʻi bilan 6—8 soat davom etishi kerak.
Jarrohlik amaliyotidan soʻng erkakda ogʻir allergik reaksiya — anafilaktik shok boshlangan. Boʻgʻila boshlagan tadbirkor kasalxonaga yotqizilgan. Bir necha organlari ishdan chiqqach, tadbirkor ertasi kuni organ yetishmovchiligidan vafot etgan.
Klinikaning bosh shifokori Vikas Xalvay operatsiyadan oldin Chaudxari barcha tekshiruvlardan oʻtganini tasdiqlagan. Politsiya voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagan.
Hindiston plastik jarrohlar uyushmasi vakili nafas olish bilan bogʻliq muammoni “soch tolalarini koʻchirib oʻtkazishdan soʻng yuzaga keladigan noyob holat” deb atagan. U, shuningdek, bemor kamida bir sutka shifokor nazoratida boʻlishi kerakligini qoʻshib qoʻygan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi