10:48 / 15.03.2019
4 915

Erkak mobil telefoni sabab oʻlimdan qutilib qoldi

Erkak mobil telefoni sabab oʻlimdan qutilib qoldi
Foto: NSW Police Force
Avstraliya fuqarosi u tomonga uchib kelayotgan nayzani uyali telefoni bilan toʻxtatib, oʻlimdan qutilib qoldi, deya xabar beradi Daryo nashri.

Hodisa 13 mart kuni Yangi Janubiy Uelsdagi Nimbin qishlogʻida sodir boʻlgan. 43 yoshli avstraliyalik avtomashinadan chiqib, oʻq va nayza bilan qurollangan tanishini koʻrib qolgan. Shu vaqt u telefoni yordamida u odamni rasmga olmoqchi boʻlgan. 39 yoshli erkak esa unga qarata oʻq uzgan, oʻq esa gadjetni teshib, erkakni jagʻiga ham ozgina tegib oʻtgan.

Keyinchalik politsiya voqea joyiga kelib, qonunbuzarni hibsga oldi. U sud oldida 15 aprel kuni javob beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erkak mobil telefoni sabab oʻlimdan qutilib qoldi