12:01 / 15.03.2019
6 719

Jinoyatchilar masjidni oʻqqa tutib, uni videoga olishdi

Jinoyatchilar masjidni oʻqqa tutib, uni videoga olishdi
Yangi Zelandiyaning Kraystchert shahridagi ikkita masjidda odamlarni ommaviy oʻqqa tutish jarayoni suratga olinib, jonli efirda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatildi. Kameradagi kadrlarda erkakning masjidga kirib borishi, qurolini qoʻliga olib ichkariga kirishi va ibodat qilayotganlarga oʻq uzishi aniq tasvirlangan.

Layf nashrining xabar berishicha, bir nechta erkak Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi masjidda odamlarga qarata oʻq uzgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisa natijasida qurbon boʻlganlar soni 27 ta, jarohat olganlar esa 30 nafarga yaqin. Oʻq uzgan kimsalardan birining shaxsi aniqlangan, u avstraliyalik Brenton Tarrant ekani aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jinoyatchilar masjidni oʻqqa tutib, uni videoga olishdi