13:14 / 15.03.2019
3 341

Uchuvchisiz uchadigan shahar taksisi taqdim etildi

Uchuvchisiz uchadigan shahar taksisi taqdim etildi
Fransiyaning Airbus aviasozlik konserni City Airbus nomli koʻp oʻrindiqli uchuvchisiz aerotaksi prototipini taqdim etdi. Ushbu transport vositasi shahar ichida qatnashga moʻljallangan. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Uning taqdimoti Germaniyaning Ingolshtatdt shahrida boʻlib oʻtdi.

Aerotaksi toʻrtta parrakli vertolyot yoki katta kvadrokopterga oʻxshaydi. U elektr uzatgich asosida ishlaydi, vertikal havoga koʻtarilib, qoʻnadi.

Kompaniya ushbu transport vositasi favqulodda vaziyatlarda bemorlarni shifoxonalarga tezda yetkazib qoʻyish, tigʻiz paytlarda yoʻlovchilarni temir yoʻl yoki aeroportlarga olib borishda qoʻl kelishiga ishonishmoqda. Bir dona City Airbus narxi 1 mln. yevro deya baholangan.

Fransuz brendi uchuvchisiz taksilari dunyoning bir qator yirik shaharlarida 2025 yilga qadar paydo boʻlishi haqida maʼlum qilgan.

Airbusʼdan tashqari uning asosiy raqibi AQSHning Boeing kompaniyasi ham uchar taksilar ustida ishlab olib boryapti. Masalan, shu yil yanvar oyida birinchi parvoz qiladigan avtomobil sinovdan muvaffaqiyatli oʻtdi.

Fevarl oyida esa Uber ham Bell Helicopters kompaniyasi bilan birgalikda uchar taksilar yaratayotgani ayon boʻlgandi. Bunday vositalarning birinchisi 2020 yilda Dubayda sinovdan oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Airbus bu yoʻnalishdagi ishlarni 2016 yilda boshlagan boʻlsa, 2018 yilda Vahana nomli aerotkasisi ilk parvozini omadli amalga oshirgan edi.

Maʼlumot uchun, yoʻlovchi laynerlari, biznes-jetlar, fuqaro va harbiy vertolyotlar hamda samolyotlar, yoqilgʻi quyuvchi samolyotlar ishlab chiqaruvchi Airbus oʻtgan yilda 63,7 mlrd. yevro daromad koʻrgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uchuvchisiz uchadigan shahar taksisi taqdim etildi