08:33 / 16.03.2019
4 450

Yangi Zelandiyadagi hujum qurbonlari soni 49 nafargacha oshdi

Yangi Zelandiyadagi hujum qurbonlari soni 49 nafargacha oshdi
15 mart kuni Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi ikkita masjidda sodir etilgan otishmalar qurbonlari soni 49 nafargacha oshdi, 50 ga yaqin kishi jarohat oldi.

Taʼkidlanishicha, otishmaning ishtirokchilaridan biri, oʻnlab musulmonlarni otib tashlagan avstraliyalik Brenton Tarrantni norvegiyalik terrorchi Anders Breyvik kabi radikal millatchilar ilhomlantirgan.

Unda, shuningdek, sobiq Yugoslaviyadagi harbiy jinoyatlar boʻyicha tribunal tomonidan sudlangan serbiyalik siyosatchilar ham qiziqish uygʻotgan. Jumladan, qotil Facebook ijtimoiy tarmogʻi orqali olib borgan translyatsiyasida hujum oldidan bosniyalik serblar yetakchisi Radovan Karajichga bagʻishlangan qoʻshiq kuylagan.

Tarant hujumda qoʻllagan miltigʻi va unga oʻqdonlarga musulmonlarga qarshi janglar olib borgan sarkardalar familiyalarini yozib chiqqan boʻlgan.

Terrorchi va uning ikki sherigi qoʻlga olindi. Tarrantga ayblovlar bildirilgan, u 16 mart kuni sud oldida javob bera boshlaydi.

Kriket boʻyicha Bangladesh terma jamoasi aʼzolari otishma olib borilgan masjidlardan biri – “Al-Nur”ga avtobusda yaqinlashishganda avstraliyalik olib borgan otishma ovozini eshitib qolib, baxtli tasodif omon qolishgan. “Agar biz u yerga 3-4 daqiqa ertaroq kelganimizda ichkarida boʻlgan boʻlardik”, deb aytgan jamoa menejeri Xolid Mashud. Uning aytishicha, otishma vaqtida sportchilarni masjiddan bor-yoʻgʻi 50 metr ajratib turgan.

Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern boʻlib oʻtgan voqealarni terakt deb atagan. OAVning taʼkidlashicha, bu mamlakatda 1943 yildan beri sodir etilgan eng ommaviy qotillikdir: oʻshanda Fezerstoun shahridagi harbiy asirlar turmasida koʻtarilgan isyon vaqtida 48 nafar yapon askari va bir nafar yangi zelandiyalik oʻldirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi Zelandiyadagi hujum qurbonlari soni 49 nafargacha oshdi