Pentagon sobiq xodimi Xitoy josusi boʻlib chiqdi

  • 16 mart 2019, 13:26
  • 2 020
  • Dunyo
  • Pentagon sobiq xodimi Xitoy josusi boʻlib chiqdi
    AQSH Adliya vazirligi xabariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi sobiq xodimi 58 yoshli Ron Xansen Xitoy tomoni uchun josuslik qilganini tan olgan. Bu haqda RIA “Novosti”ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

    Taʼkidlanishicha, Xansen 2018 yil iyun oyida qoʻlga olingan, Xitoy bilan esa 2014 yildan hamkorlik qila boshlagan.

    “Xitoy razvedkasi agentlari bilan oʻz munosabatlari davomida Xansen oʻzi taqdim etgan maʼlumotlar uchun tovon puli sifatida yuz minglab dollar olgan. Xansen ularga turli axborotlar, shu jumladan, tegishli sohalarga aloqador konferensiyalarda toʻplangan maʼlumotlarni taqdim etib kelgan”, - deyiladi vazirlik bayonotida.

    Aniqlik kiritilishicha, u nafaqat Xitoy tomoni uchun maxfiy maʼlumot toʻplashga urinishda, balki naqd pullar kontrabandasi, shuningdek, Amerika hududiga tovarlarni noqonuniy olib kirishda ayblanmoqda. Xansen faqat bir band boʻyicha oʻz aybini tan olgan.

    » » Pentagon sobiq xodimi Xitoy josusi boʻlib chiqdi