Politsiya yangi zelandiyalik terrorchini yana bir teraktda ayblashi mumkin

  • 16 mart 2019, 14:13
  • 1 865
  • Dunyo
  • Politsiya yangi zelandiyalik terrorchini yana bir teraktda ayblashi mumkin
    Yangi Zelandiya politsiyasi fikricha, ikki masjidda ommaviy otishma uchun masʼuliyat faqat bir shaxsning zimmasida - u sud qarori bilan qamoqda saqlanayotgan Brenton Tarrant. Bu haqda TASS politsiya komissari Mayk Bushga tayangan holda xabar bermoqda.

    Komissarning soʻzlariga koʻra, politsiya Tarrantni ikki masjidda sodir boʻlgan voqealar uchun masʼul deb hisoblaydi.

    “Shu narsa aniqki, keyingi sud majlisi oʻtkaziladigan sanada unga yangi ayblovlar qoʻyiladi. Biroq, ular aynan qanday boʻlishini tergov tomoni aniqlaydi”, - deya qoʻshimcha qilib oʻtdi Bush.
    Avvalroq, sud yangi zelandiyalik terrorchini hibsda qoldirgani xabar berilgandi.

    » » Politsiya yangi zelandiyalik terrorchini yana bir teraktda ayblashi mumkin