Facebookʻdagi uzilishdan soʻng ikki nafar top-menejer ishdan ketdi

  • 16 mart 2019, 15:46
  • 839
  • Dunyo
  • Facebookʻdagi uzilishdan soʻng ikki nafar top-menejer ishdan ketdi
    Foto: Facebook / Kris Koks
    13 mart kuni Facebook ishida kuzatilgan jiddiy uzilishdan soʻng ijtimoiy tarmoq ijrochi direktorlaridan biri Kris Koks va WhatsApp vitse-prezidenti Kris Deniyels ishdan boʻshashga qaror qildi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.

    “Kompaniyadagi 13 yillik faoliyatimdan soʻng uni tark etishga qaror qilganimni chuqur qaygʻu bilan maʼlum qilaman”, — deb yozgan Koks oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

    U aynan nima uchun kompaniyadan ketayotganiga aniqlik kiritmagan, shu bilan birga, kompaniya rahbari Mark Sukerbergga minnatdorchilik bildirgan.
    WhatsApp ishiga javob beruvchi Kris Deniyels ham oʻzining ishdan ketayotgani haqida yozib qoldirgan.

    » » Facebookʻdagi uzilishdan soʻng ikki nafar top-menejer ishdan ketdi