20:54 / 16.03.2019
6 362

Erdoʻgʻan: “Yangi Zelandiyada terakt sodir etgan jinoyatchi ikki marta Turkiyaga kelgan”

Erdoʻgʻan: “Yangi Zelandiyada terakt sodir etgan jinoyatchi ikki marta Turkiyaga kelgan”
Yangi Zelandiyada sodir etilgan terrorchilik harakatining ehtimoliy ijrochisi ikki marta Turkiyada boʻlgan. Bu haqda Turkiya prezidenti Tayip Erdoʻgʻan aytdi, deb xabar berdi Kun.uz.

“Yangi Zelandiyadagi terakt ijrochisi ikki marta Turkiyaga kelgan. Uning Turkiyadagi aloqalarini aniqlash boʻyicha tergov ishlari olib borilmoqda”, - degan Erdoʻgʻan.

Erdoʻgʻanning soʻzlariga koʻra, “terrorchilar hattoki Yangi Zelandiyada ham turk xalqining birdamligi va oʻz qadriyatlariga sodiqligiga toqat qila olishmayapti”.

Eslatib oʻtamiz, 15 mart kuni Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahrida sodir etilgan teraktda 4 nafar qurollangan shaxs masjid ichiga kirib, u yerdagi odamlarga qarata oʻq uzgan. Oqibatda 50 kishi halok boʻlgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdoʻgʻan: “Yangi Zelandiyada terakt sodir etgan jinoyatchi ikki marta Turkiyaga kelgan”