5 869
Yangi Zelandiyadagi terakt haqidagi soʻzlari uchun avstraliyalik senatorning boshiga tuxum bilan urishdi (video)
Avstraliyalik senator Freyzer Enning oʻziga tuxum uloqtirgan oʻsmirni kaltakladi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Voqea siyosatchining Melburnda jurnalistlar oldida chiqishi paytida yuz bergan. Oʻsmir Enningning ortidan kelib uning boshiga pishmagan tuxum uloqtirgan.
Someone has just slapped an egg on the back of Australian Senator Fraser Anning's head, who immediately turned around and punched him in the face. @politicsabc @abcnews pic.twitter.com/HkDZe2rn0X
— Henry Belot (@Henry_Belot) March 16, 2019
Senator unga javoban oʻsmirga tashlanib bir necha bor zarba bergan, siyosatchining tarafdorlari esa oʻsmirni yerga qulatishgan.
Oʻsmir politsiya tomonidan qoʻlga olingan va keyinroq qoʻyib yuborilgan.
Qayd etilishicha, Avstraliya parlamentida Kvinslend shtati nomidan chiquvchi Enning qoʻshni Yangi Zelandiyada sodir etilgan terakt haqida keskin fikr bildirgan.
Senator ushbu hodisaning asl sababi mamlakatdagi qurol savdosi boʻyicha qonunlar emas, mutaassib musulmonlarning ommaviy migratsiyasi ekanligini aytgan. Keyinroq Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison uning soʻzlarini “jirkanch”, uning nuqtai nazarini esa mamlakat parlamenti uchun nomunosib deb atagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring