06:03 / 17.03.2019
4 559

Fillar oʻz bolalarini yirtqichlardan himoya qildi (video)

Fillar oʻz bolalarini yirtqichlardan himoya qildi (video)
Bu video hech kimni befarq qoldirmaydi: katta fillar oʻz bolalarini himoya qilish maqsadida, qanday qilib birlashishgani va itlarni qanday haydashganini tomosha qiling.

Fil bolalari deyarli ojizdirlar, shu bois, koʻplab yirtqichlar, xususan shoqolsimon itlar ham ulardan mazali xoʻrak sifatida foydalanadi. Yovvoyi itlar fil bolalarining birini “oʻrtaga olib” oʻziga ziyofat uyushtirmoqchi boʻlgan edi, ammo ular bir narsani hisobga olmagandi: bu ojiz bolakaylarning himoyachilari - yaʼni ota-onalari va doʻstlari borligini hisobga olmagandilar.

Fillar dahshatli qichqirib itlarni qoʻrqitishni boshladi, va yirtqichlarni bolalar yoniga qoʻymaslik maqsadida jonli aylana hosil qildi. Bu voqeani koʻrgan sayyohlar oʻz hissiyotlarini jilovlay olmadilar: bu juda taʼsirchan kartina edi!

Fil bolalarining barchasi sogʻ-omon ekaniga umid qilib qolamiz, axir shovolsimon itlar ularga qoʻqqisdan hujum qila olmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fillar oʻz bolalarini yirtqichlardan himoya qildi (video)