12:51 / 17.03.2019
4 485

Qisqichbaqa uchun 4,6 mln dollar: AQSH harbiy xarajatlar sababli bankrotlik yoqasida turibdi

Qisqichbaqa uchun 4,6 mln dollar: AQSH harbiy xarajatlar sababli bankrotlik yoqasida turibdi
CounterPunch nashrining yozishicha, AQSHning harbiy-sanoat majmuasi, korrupsiyalashgan hukumat va nokompetent amaldorlar mamlakatni borgan sari koʻproq qarzga botirmoqda.

Nashrning taʼkidlashicha, armiyaga borgan sari oshib borayotgan xarajatlar AQSHni bankrotga aylantirmoqda, hukumat va amaldorlar esa harbiy ehtiyojlar uchun koʻproq mablagʻ ajratilishini talab qilib, aholini aldamoqda.

Buning misoli sifatida Open the Government tashkiloti tadqiqoti natijalari keltirilgan. Ushbu tashkilot amerikalik harbiylar harbiy faoliyat bilan bogʻliq boʻlmagan xaridlar uchun juda katta mablagʻlar sarflashini aniqlagan. Jumladan, bu xaridlar orasida 9241 dollarlik kursi, 53 ming dollarlik oshxona anjomlari, 308 ming dollarlik spirtli ichimliklar, 4,6 mln dollarlik langust va krab keltirib oʻtilgan.

Bundan tashqari, AQSH hukumati soliqdan oladigan tushumdan koʻproq xarajat qiladi va shu sababli boshqa davlatlardan qarz olishga majbur boʻlmoqda. Nashrning yozishicha, bu pullar davlat institutlari va butun dunyo boʻylab adogʻi yoʻq urushlarni moliyalashtirish uchungina sarflanadi, taʼlim, sogʻliqni saqlash, infratuzilma esa abgor ahvolda qolmoqda.

“Oxir natijada harbiy imperiyalar borgan sari kengayib va pulining oxirgi tiyinigacha sarflab muqarrar halokatga uchraydi. Bu Rim bilan sodir boʻlgan. Xudddi shu holat yana takrorlanmoqda. Amerika imperiyasi qulamoqda. Biz kritik massaga yaqinlashmoqdamiz”, deb yozilgan nashrda.

Nashrning maʼlum qilishicha, AQSH 2001 yildan beri xorijdagi urushlarga 4,7 trln dollar sarflagan, mamlakatning qarzi soatiga 32 mln dollarga koʻpayib bormoqda, Iroq uchun 5 soniyada oʻrtamiyona amerikalik bir yil ishlab topadigan pulidan koʻproq sarflamoqda.

Biroq shunga yarasha Vashington dunyoni xavfsizroq qila olmadi. Tadqiqotchilarning hisob-kitoblariga koʻra, amerikalik harbiylar har 12 daqiqada dunyoning biror burchagiga bomba tashlaydi, 2001 yildan beri AQSH xatti-harakatlari sababli 500 mingdan koʻproq kishi halok boʻlgan.

Nashr oʻz soʻzlari intihosida AQSH total bankrotlikka qarab ketayotganini va bu deyarli barcha sohada oʻz isbotini topayotgani, biroq hukumat bunga tayyorgarlik koʻrib qoʻygani va norozilikning istalgan koʻrinishlarini bostirishga tayyorligini taʼkidlab oʻtgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qisqichbaqa uchun 4,6 mln dollar: AQSH harbiy xarajatlar sababli bankrotlik yoqasida turibdi