18:03 / 17.03.2019
5 641

Yangi Zelandiya terrorida qahramonlik koʻrsatgan Abdul Aziz voqea tafsilotlarini aytib berdi

Yangi Zelandiya terrorida qahramonlik koʻrsatgan Abdul Aziz voqea tafsilotlarini aytib berdi
Yangi Zelandiyada 28 yoshli Brenton Tarrantning mudhish terrori oqibatida 50 kishi halok boʻldi, yana koʻplab odamlar yaralandi. Juma kuni masjidda qolgan musulmonlar ommaviy otib tashlandi. Terrorchi esa harakatini yashirib oʻtirmadi: u barchasini ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilgan.

Ammo hodisa ishtirokchisi, 48 yoshli asli afgʻonistonlik Abdul Aziz kichik pul yechadigan terminal yordamida terrorchini quvib yuborishga, qolganlar jonini saqlab qolishga muvaffaq boʻlgan.

“U harbiy libosda edi. Uning koʻrinishidan kimlarga mansubligini bilib boʻlmasdi. U menga soʻkinishni boshlaganda, qurol koʻtargan kishi yaxshilardan emasligini tushundim”, — deya Reutersʻga intervyu bergan u.

Azizning aytishicha, masjiddagi otishma boshlanganda u kredit karta mashinasidan (bankomat) qalqon va qurol sifatida foydalangan. Mergan terrorchi oʻqdoni tugagach, mashinaga qaytadi va mashinaga yaqinlashganda Aziz bankomatni mashinalar orasidan uloqtirgan.

“U qurolni uloqtirib, boshqasini oldi. Men esa u tashlagan qurolni qoʻlimga oldim, lekin unda oʻqdon yoʻq ekan. Men unga baqirib, oʻzimga chorladim. Maqsad — uning eʼtiborini oʻzimga tortish. U esa masjidga yoʻl oldi, men ham ortidan yurdim”, — deydi u intervyusida.

Terrorchi bilan toʻqnash kelgan Aziz oʻqdoni yoʻq qurolni unga qaratgan, Tarrant esa qoʻlidagi qurolni ham tashlab qochishga tushgani maʼlum qilindi.
“U mashinasiga borib oʻtirganda men avtomobil oynasidan unga qaratib qurolni otdim. Bu paytda toʻrt farzandim ham masjid atrofida boʻlgandi”, — deydi u.

Foto: REUTERS /Edgar Su
Azizning saʼy--harakati bilan yuzga yaqin musulmon birodarlar otishmada omon qoldi.
“Masjidga kirganimda barcha qoʻrquvdan dong qotgandi, ularga qoʻrqmaslikni, u ketganini bildirdim. Shunda hamma yigʻlashni boshladi”, — deya hikoya qilib bergan Aziz.

Terrorchi hodisadan 36 daqiqa oʻtib qoʻlga olindi. U qotillikda ayblanib, hibsga olingan. Tinimsiz urushlar iskanjasida qolgan vatani — Afgʻonistonni tark etib, Yangi Zelandiyaga kelgan Aziz Kraystcherch shahrida 2,5 yildan buyon istiqomat qiladi va mebel doʻkonini yuritadi.

Shunga qaramay, otishma chogʻida yaqinlarini himoya qilmoqchi boʻlgan boshqalarning koʻpi halok boʻldi. Xususan, kelini Naima Xonni oʻqdan toʻsib qolgan 50 yoshli Naim Rashid va uning 21 yoshli oʻgʻli voqea joyining oʻzida jon taslim qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi Zelandiya terrorida qahramonlik koʻrsatgan Abdul Aziz voqea tafsilotlarini aytib berdi