Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern 15 mart kuni Kraystcherch shaharchasida sodir etilgan teraktdan 9 daqiqa oldin terrorchidan xat olgan. Bu haqda The Guardianʻga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, bosh vazir kanselyariyasi otishma boshlanishidan 9 daqiqa avval elektron pochta orqali terrorchi Brendon Tarrantdan xat olgan.
“Unda joy nomi yoki biror aniq detal haqida soʻz bormagan”, deya bosh vazirning soʻzlaridan iqtibos keltiradi The Guardian.
Ardern xonimning aytishicha, bu xat kelganidan ikki daqiqa oʻtib xavfsizlik organlari xatning mazmunidan ogohlantirilgan. Tarrant xatni nafaqat bosh vazirga, balki yana 30ta elektron manzil boʻylab yuborgan.
15 mart kuni Brendon Tarrant Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi masjidlardan biriga bostirib kirib, 17 daqiqa davomida odamlarga qarata oʻq uzgan va buni Facebook orqali jonli translyatsiya qilgandi. Terakt oqibatida 50 kishi halok boʻlgan, oʻnlab kishilar halok boʻlgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi