11:30 / 18.03.2019
4 167

Boeing “boʻsh kelmayapti”: kompaniya tarixdagi eng uzun laynerni taqdim etdi

Boeing “boʻsh kelmayapti”: kompaniya tarixdagi eng uzun laynerni taqdim etdi
Foto: Sputnik
Amerikaning Boeing kompaniyasi Boeing 777x samolyotining yangi modelini — eng yangi keng fyuzelyajli laynerni taqdim etdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Ushbu model hozirgi rekordsmen — ikki palubali Boeing 747-8 modelidan ham uzun boʻldi. Laynerning uzunligi 77 metrni, qanotlari qulochi esa 72 metrni tashkil etadi. Shunday qilib, u oʻzidan avvalgi modellardan deyarli 77 metr uzunroqligi evaziga “dunyodagi eng uzun yoʻlovchi samolyoti” boʻlib qoldi.

Shu bahorda 777xʻning birinchi sinov parvozi amalga oshiriladi. Boeing allaqachon ushbu model uchun buyurtma olgan.

CNN maʼlumotlariga koʻra, yangi layner taqdimoti Everett shahrida (Vashington shtati) keng fyuzelyajli layner ishlab chiqarish zavodi binosida yopiq holda oʻtkazilgan.
Efiopiyada sodir boʻlib, 157 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan aviahalokat tufayli ilk Boeing 777xʻni faqat kompaniya xodimlari koʻrdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Boeing “boʻsh kelmayapti”: kompaniya tarixdagi eng uzun laynerni taqdim etdi