13:12 / 18.03.2019
5 127

Bir koʻzidan ayrilgan koʻppak yetim qolgan maymunni boqib oldi (video)

Bir koʻzidan ayrilgan koʻppak yetim qolgan maymunni boqib oldi (video)
Hindistonning Kashkida qishlogʻida bir koʻzli it yetim qolgan maymunni qaramogʻiga oldi, deb xabar bermoqda Darakchi nashri.

Rubi laqabli it taxminan bir yarim oy avval maymun bolasini itlar galasidan qutqarib qoladi. Shu paytgacha kuchukchalari boʻlmagan Rubi maymunchaga oʻz farzandiday muomala qila boshlaydi. It maymunchani doim yelkasida koʻtarib yuradi, oʻz koʻkragi bilan emizadi va otaligʻidagi jonivorga teginmoqchi boʻlganlarga jahl qilib beradi.

Ikki jonivor oʻrtasidagi noodatiy munosabatni koʻrgan mahalliy qishloq aholisi tinmay qatnamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bir koʻzidan ayrilgan koʻppak yetim qolgan maymunni boqib oldi (video)