15:20 / 18.03.2019
5 162

Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlariga taklif bilan chiqdi

Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlariga taklif bilan chiqdi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlariga kosmik sohada hamkorlikni yoʻlga qoʻyish taklifi bilan chiqdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Toshkentda boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo birinchi iqtisodiy forumida soʻzga chiqqan Qozogʻiston bosh vaziri oʻrinbosari Jenis Kasimbek har bir mamlakatga bittadan sunʼiy yoʻldosh tegishli boʻladigan, Yerni masofadan turib zondlash beshta sunʼiy yoʻldoshdan iborat guruh tashkil etishni taklif qildi.

“Bu sifatli axborot olish imkoniyatini beradi, Yer yuzasini tezkorlik bilan suratga olish samaradorligini oshiradi. Shuningdek, bu har bir mamlakatga iqtisodiyot sohalari, masalan, qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga monitoringlarni tatbiq etishda yordam beradi”, - dedi Jenis Kasimbek.

Bundan tashqari, uning taʼkidlashicha, Qozogʻiston mintaqadagi barcha mamlakatlarga ushbu takliflarni tahlil qilish va oʻrganish uchun ishchi guruhlarni joʻnatishga tayyor.

Oʻtgan yilning kuzida Qozogʻiston qoʻshma sunʼiy yoʻldoshni yaratish boʻyicha Oʻzbekistonga taklif bergandi. Oʻshanda sunʼiy yoʻldosh mintaqadagi boshqa mamlakatlarga ham xizmat koʻrsatishi mumkinligi qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlariga taklif bilan chiqdi