20:00 / 20.03.2019
3 844

Ekspertlar eng toza aviakompaniyalar reytingini tuzdi

Ekspertlar eng toza aviakompaniyalar reytingini tuzdi
Skytrax aviatsiya xizmatini baholash xalqaro tashkiloti mutaxassislari dunyoning 30 ta eng toza aviakompaniyalari reytingini tuzdi, deb yozadi “Daryo”.

Roʻyxatda birinchilikni Yaponiyaning All Nippon Airways kompaniyasi egalladi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida maʼlum qilingan.
Tayvanning EVA Air kompaniyasi ikkinchi, Koreyaning Asiana Airlines kompaniyasi esa uchinchi oʻrinni egalladi.

Birinchi oʻntalikka Singapur havo yoʻllari, Yaponiya havo yoʻllari, Cathay Pacific Airways, Qatar Airways, Swiss International Air Lines, Hainan Airlines va Lufthansa kiradi.

Reytingni tuzishda mutaxassislar aviakompaniyalarni bir qator mezonlar, shu jumladan, hojatxona, stol va oʻrindiqlar, gilam hamda yukxona javonlari tozaligi boʻyicha baholagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ekspertlar eng toza aviakompaniyalar reytingini tuzdi