22:20 / 20.03.2019
5 955

Poroshenko Qrimni qanday qilib qaytarishini tushuntirdi

Poroshenko Qrimni qanday qilib qaytarishini tushuntirdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Qrimni qanday qilib qaytarish niyatida ekani haqida gapirdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Uning soʻzlariga koʻra, u Rossiyaga sanksiyalar bosimini kuchaytirish yordamida yarim orolni “qaytarib olish”ni moʻljallamoqda.

Shuningdek, uning qoʻshimcha qilishicha, xalqaro hamjamiyat Ukrainaga bu masalada yordam beradi.
Poroshenkoning taʼkidlashicha, Qrim siyosiy-diplomatik yoʻl bilan Ukrainaga “qaytariladi”.

Bundan oldin, Poroshenko Qrimni saylovlardan soʻng qaytarishga vaʼda bergandi.
“Qrim Ukrainaga qaytariladi. Biz bu imkon qadar qisqa vaqt ichida, prezidentlik saylovlaridan soʻng yuz berishi uchun qoʻldan kelgan hamma narsani qilamiz”, - deya maʼlum qilgan u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Poroshenko Qrimni qanday qilib qaytarishini tushuntirdi