15:27 / 21.03.2019
6 516

Qirgʻiziston sobiq rahbari amaldagi prezidentga nisbatan rasman muxolifatga oʻtganini aytdi

Qirgʻiziston sobiq rahbari amaldagi prezidentga nisbatan rasman muxolifatga oʻtganini aytdi
Mamlakat sobiq prezidenti Almazbek Atambayev boshchiligidagi Qirgʻiziston Sotsial-demokratik partiyasi (QSDP) amaldagi xukumat va prezident Sooronbay Jeenbekovga nisbatan muholifatga oʻtganini rasman eʼlon qildi.

Bundan avval Jeenbekov va Atambayev hammaslak edilar, Jeenbekov 2017 yilgi prezidentlik sayloviga QSDP tomonidan va aynan Atambayevning qoʻllab-quvvatlovi bilan nomzod etib koʻrsatilgan edi.

“QSDP oʻzini muholifat deya eʼlon qildi, bu oʻz navbatida partiya tomonidan hukumatni tanqid qilish imkoniyatini beradi va davlat taraqqiyotining boshqa yoʻllarini koʻrsatish imkoniyatini yaratadi”, – dedi dushanba kuni QSDP matbuot kotibi Qunduz Joldubayeva.

QSDP – Qirgʻizistondagi oqsoqol siyosiy partiyalardan biri boʻlib 1993 yilda tashkil etilgan. Atambayev – partiyaning asoschilaridan biridir. Ammo partiyaning ikki nafar sobiq hammaslaklari oʻrtasida kelib chiqqan mojaro tufayli partiya ikki qismga boʻlinib ketdi: bir qismiga Atambayev rahbarlik qiladi, ikkinchi qismi, jumladan parlamentdagi QSDP fraksiyasi qisman amaldagi prezidentni qoʻllab-quvvatlaydi. Mana shu qarama-qarshiliklarga barham berishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan QSDPning navbatdagi syezdi 6 aprelda boʻlib oʻtadi.

Ikki siyosatchi oʻrtasidagi buzilish 2018 yil martida QSDPning syezdida boshlandi: oʻshanda sobiq prezident Atambayev Jeenbekov va uning atrofidagilar shaʼniga keskin gaplarni aytgan edi. U prezident va uning ukasi Qirgʻiziston parlamenti deputati Asilbek Jeenbekovni “mamlakatda oilaviy-klan boshqaruvini restavratsiya qilishga urinishda” ayblab chiqqan edi.

Shundan soʻng Atambayevning bir nechta hammaslaklariga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi, ular asosan korrupsiyada ayblandi, respublikada esa “Atambayevsiz QSDP” harakati paydo boʻldi, bu harakat aʼzolari sobiq prezidentni partiya saflaridan oʻchirish tashabbusini ilgari surdilar.

17 mart kuni Atambayev Aqsu fojeasi (Qirgʻiziston xukumati namoyishchilarga qurol ishlatgan, buning oqibatida olti kishi halok boʻlgan 2002 yilgi hodisa) qurbonlari xotirasiga bagʻishlangan mitingda nutq soʻzladi va amaldagi xukumatni klanlashtirishda va oilaviy boshqaruvda ayblab chiqdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirgʻiziston sobiq rahbari amaldagi prezidentga nisbatan rasman muxolifatga oʻtganini aytdi