17:43 / 19.03.2019
5 199

Rustam Imomali Toshkent shahar hokimiga taklifnoma yubordi

Rustam Imomali Toshkent shahar hokimiga taklifnoma yubordi
Dushanbe shahar hokimi Rustam Imomali oʻtgan hafta oxirida Dushanbeda Navroʻz bayramini nishonlashda ishtirok etish uchun Tojikiston poytaxtiga qardosh boʻlgan dunyodagi 17 ta shahar hokimiga taklifnoma yubordi, deb xabar qilmoqda Kun.uz “Aziya-Plyus”ga asosan.

Dushanbe shahar hokimining taklifnomasi quyidagi shaharlar rahbarlariga yuborildi: Lusaka (Zambiya), Sana (Yaman), Monastir (Tunis), Lahor (Pokiston), Klagenfurt (Avstriya), Boulder (AQSH), Roytlingen (Germaniya). Bundan tashqari: Mozori-Sharif (Afgʻoniston), Tehron (Eron), Shiroz (Eron), Sankt-Peterburg (Rossiya), Minsk (Belarus), Urumchi (Xitoy), Anqara (Turkiya), Syamen (Xitoy), Ashxobod (Turkmaniston) va Chindao (Xitoy).

Shuningdek, Rustam Imomali Moskva va Toshkent shahar maʼmuriyatlariga taklifnoma joʻnatdi.

21 mart kuni Tojikiston tarixida ilk bor Navroʻz sharafiga bagʻishlangan bayramona karnaval Dushanbe markaziy maydonida boʻlib oʻtadi.
Kutilishicha, unda butun mamlakatdan hunarmandlar, masxarabozlar, ijrochilar, raqqoslar ishtirok etadi - jami 26 ming kishi.

Shu kuni Dushanbedagi barcha madaniyat va istirohat bogʻlari hamda shahardagi mikrorayonlarda ommaviy sayllar boʻlib oʻtadi. Shahar hokimligi konsertlar, koʻrgazmalar, viktorinalar, musobaqalar tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rustam Imomali Toshkent shahar hokimiga taklifnoma yubordi