18:26 / 19.03.2019
8 265

Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev isteʼfoga chiqdi (foto)

Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev isteʼfoga chiqdi (foto)
Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev oʻz vakolatlarini topshirdi. Bu haqda u 19 mart kuni televideniye orqali millatga maxsus murojaatida eʼlon qildi.

“Men Prezident sifatidagi vakolatlarimni topshiraman”, — dedi Nursulton Nazarboyev jonli efirga namoyish etilgan murojaatida.

Endi saylovgacha Qozogʻiston Prezidenti vazifasini Parlament Senati spikeri Qosim-Jomart Tokayev bajarib turadi.

Qosim-Jomart Tokayev
Foto: Sputnik Kazaxstan

Shu tariqa, mustaqil Qozogʻiston tarixida ilk marta prezident oʻzgaradi. Nursulton Nazarboyev 1991 yildan buyon mamlakatni boshqarib kelmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev isteʼfoga chiqdi (foto)