19:53 / 19.03.2019
3 485

[sup]Foto: luxplanet.ua[/sup] Yaponiya hukumati Tokioda diplomatik munosabatlarga ega boʻlgan 195 mamlakat rahbarlarini yangi imperatorning taxtga oʻtirishi munosabati bilan 22 oktabr kuni boʻlib oʻtadigan tantanali marosimga taklif qilish niyatini

[sup]Foto: luxplanet.ua[/sup]  Yaponiya hukumati Tokioda diplomatik munosabatlarga ega boʻlgan 195 mamlakat rahbarlarini yangi imperatorning taxtga oʻtirishi munosabati bilan 22 oktabr kuni boʻlib oʻtadigan tantanali marosimga taklif qilish niyatini
Foto: luxplanet.ua
Yaponiya hukumati Tokioda diplomatik munosabatlarga ega boʻlgan 195 mamlakat rahbarlarini yangi imperatorning taxtga oʻtirishi munosabati bilan 22 oktabr kuni boʻlib oʻtadigan tantanali marosimga taklif qilish niyatini bildirgan, deya xabar beradi “Daryo”.

Hozirgi 85 yoshli imperator Akixito oʻz iltimosiga binoan, taxtni 30 aprel kuni yoshi sababli tark etmoqchi. Ertasi kuni taxtni uning oʻgʻli 59 yoshli valiahd shahzoda Naruxito egallaydi. Ushbu marosim hukumatning uchta avlod vakillari bosh vazir va hukumat aʼzolari, parlamentning ikki palatasi raisi hamda Oliy sud raisi ishtirokida boʻlib oʻtadi.

Yangi imperatorning taxtga oʻtirishi munosabati bilan asosiy anʼanaviy marosimlar oktabr oyida boʻlib oʻtadi. Tantanali ziyofatga 195 mamlakatning yuqori darajali vakillari taklif etilishi rejalashtirilgan.

Konstitutsiyaga koʻra, Yaponiya imperatori davlat va xalqning birligi ramzi boʻlib, aksariyat monarxlardan farqli oʻlaroq davlat boshligʻi maqomiga ega emas. U faqat marosim funksiyalarini bajaradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » [sup]Foto: luxplanet.ua[/sup] Yaponiya hukumati Tokioda diplomatik munosabatlarga ega boʻlgan 195 mamlakat rahbarlarini yangi imperatorning taxtga oʻtirishi munosabati bilan 22 oktabr kuni boʻlib oʻtadigan tantanali marosimga taklif qilish niyatini