23:53 / 23.03.2019
3 139

Janubiy Koreya prezidenti aprelda Oʻzbekistonga keladi

Janubiy Koreya prezidenti aprelda Oʻzbekistonga keladi
Foto: “Podrobno.uz”
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Oʻzbekistonga aprel oʻrtasida tashrif buyuradi. Bu haqda “Podrobno.uz” ayni paytda Toshkentda boʻlib turgan Janubiy Koreya delegatsiyasi aʼzosiga tayanib xabar bermoqda.

Uning soʻzlariga koʻra, Janubiy Koreya rahbarining Toshkentga tashrifi chogʻida yirik biznes-forum tashkil etiladi, qator hujjatlar, shu jumladan, elektron hukumat sohasidagi hujjatlar imzolanishi rejalashtirilmoqda.

“Oliy darajadagi tadbirlar davomida sanoat va qishloq xoʻjalik ishlab chiqarish, energetika, logistika va infratuzilmani rivojlantirish, atrof-muhit va texnologiyalar sohasidagi hamkorliklar, millatlararo aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi”, — dedi u.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreya prezidenti aprelda Oʻzbekistonga keladi