19:06 / 24.03.2019
3 842

Rossiyalik marhuma xonanda Yuliya Nachalovaning oʻlimoldi istagi

Rossiyalik marhuma xonanda Yuliya Nachalovaning oʻlimoldi istagi
Eslatib oʻtamiz, rossiyalik xonanda Yuliya Nachalovaning oʻlimini vrachlar tasodifiy fojia deb atashdi. Sababi, qachondir Yuliya oyogʻini qaysidir krem bilan artgan-u, infeksiya tushganini sezmagan. Shunda ham ahvoli ogʻirlashib qolmaguncha vrachlarga murojaat etmagan. Shu vaziyatda esa birinchi boʻlib Rossiya estradasi yulduzi Nikolay Baskov yordamga keldi. U juda yaxshi bir klinika topdi. Nachalova pul masalasida qiynalganini bilgani uchun puldan yordam qildi. Xonanda shu yerda shifo topishiga ishondi. Afsuski, Yuliya olamdan oʻtdi. Vrachlar ham uning hayotini saqlab qola olishmadi. Bu gal ham yana Baskov balogardon boʻldi. Hamkasblaridan pul yigʻib, dafn marosimini koʻngildagidek oʻtkazish harakatiga tushdi.

Ammo Yuliya bir oʻta jiddiy sirni hech kimga aytmagandi. Oʻlimidan oldin direktori Anna Isayevaga yorilgan ekan. Aytishicha, sobiq sevgilisi xokkeychi Aleksandr Frolov Moskvadagi toʻrt xonali kvartirasini tortib olishga bel bogʻlabdi. Vaholanki, bu kvartirani sobiq turmush oʻrtogʻi futbolchi Yevgeniy Aldonin ajrashishgach, qizi Vera onasi bilan ijarama-ijara yurmasligi uchun Yuliyaga bergandi. Xonanda kvartirani yaxshilab taʼmirdan chiqardi. Niyati Aleksandr Frolov bilan turmush qursa, shu kvartirada baxtli hayot kechirish boʻldi. Ammo Frolov aytibdiki, goʻyoki Yuliya oʻz qoʻli bilan tilxat yozib berganmish. Tilxatda Frolovdan 20 million rubl pul olganini, evaziga toʻrt xonali kvartirani unga topshirishini tan olganmish.

Yuliya Annadan xuddi shu masalada yordam kutgandi. Oʻlimidan soʻng qizi Verani koʻchada qoldirmaslikni soʻradi.

Anna Isayevaning gapiga koʻra, Vera hozir 12 yoshda. Maktabda aʼlo baholarga oʻqimoqda. Turli toʻgaraklarga qatnaydi. Otasi Yevgeniy Aldoninni jonidan ortiq koʻradi. Yuliyaning oʻlimoldi istagi esa albatta ado etiladi. Vera hech qachon koʻchada qolmaydi. Frolov oʻzining yovuz niyatiga yeta olmaydi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik marhuma xonanda Yuliya Nachalovaning oʻlimoldi istagi