22:20 / 24.03.2019
2 735

Qirgʻizistonda qulagan vertolyotdan turist qutqarib olindi (video)

Qirgʻizistonda qulagan vertolyotdan turist qutqarib olindi (video)
Yigirma ikki yoshli talaba Berlindagi Devid GoPro kamerasi bilan Qirgʻizistonning Issiqkoʻl tumanida vertolyotning halokatga uchraganini ichki salondan videoga olgan. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Hodisa oʻtgan yilning iyul oyida sodir boʻlgan.

Kadrda vertolyot qanday qilib asta-sekin qoʻnayotgani, ammo uchuvchi toʻsatdan nazoratni yoʻqotgani tasvirlangan. Biroz vaqt oʻtgach, samolyot tezlikni oshirib, yon tomonga qiyalagan.

Salondagi barcha sumkalar sayyohlarning ustiga tushgan. Bir necha soniya ichida katta ryukzak taqib olgan odamlar bir-birini ustiga qulay boshlagan. Keyin esa kuchli vahima boshlangan. Jarohat koʻrganlar uyumlarning tagidan chiqishga harakat qilgan.

Keyin uchuvchi togʻ ustiga kuchli qoʻnish qilgan. Videoga olayotgan odam salondan qanchalik qiyinchilik bilan chiqqani koʻringan. Keyinchalik videoga yozgan sharhida u ustiga bir qancha ryukzak tushganini, gid ham uning ustiga yiqilib tushganini aytgan.

Biroz muddat oʻtgach u oyogʻiga kerosin toʻkilganini sezgan.

“Istalgan vaqtda tiriklayin yonib ketish xavfi meni hayot uchun yana ham qattiqroq kurashga undadi. Oxiri kabinaning orqa qismiga oʻtib, vertolyotni burgʻulash teshigidan chiqib ketdim”, — deydi Devid.

Voqea sodir boʻlgan joyga Qozogʻistondan jarohatlanganlarni qutqarish uchun vertolyot yuborilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirgʻizistonda qulagan vertolyotdan turist qutqarib olindi (video)