23:13 / 24.03.2019
3 347

Yangi Zelandiya bosh vaziri tahdidlarga uchrayapti

Yangi Zelandiya bosh vaziri tahdidlarga uchrayapti
Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern musulmonlarni qoʻllab-quvvatlagani uchun nomaʼlum shaxslardan tahdid olgan.

New Zealand Herald nashri xabariga koʻra, bosh vazirning Tvitterdagi akkauntida qurol va “Keyingisi – sensan” yozuvli rasm paydo boʻlgan. Politsiya xuddi shunday tahdid Yangi Zelandiya politsiya boshqarmasining Tvitterdagi akkauntiga ham joʻnatilganini maʼlum qildi.

Ushbu tahdidlar joʻnatgan akkaunt 48 soatdan keyingina toʻsib qoʻyilgan.
Mahalliy politsiya mazkur holatlar boʻyicha surishtiruv boshladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi Zelandiya bosh vaziri tahdidlarga uchrayapti