10:47 / 25.03.2019
4 061

Yangi zelandiyalik ayollar musulmonlarni qoʻllab-quvvatlash uchun roʻmol oʻradilar (foto)

Yangi zelandiyalik ayollar musulmonlarni qoʻllab-quvvatlash uchun roʻmol oʻradilar (foto)
Yangi zelandiyalik ayollar boʻlib oʻtgan voqealardan soʻng musulmonlarni qoʻllab-quvvatlash uchun roʻmol oʻradilar

Kraystcherchdagi voqeadan bir hafta oʻtib, juma kuni butun Yangi Zelandiya boʻylab ayollar musulmonlarga hamdardliklarini izhor qilish niyatida boshlariga roʻmol oʻradilar.

Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern oʻtgan hafta otishmalardan soʻng musulmon jamiyati bilan uchrashganda boshiga roʻmol oʻrab, koʻpchilikning eʼtirofiga sazovor boʻlgan edi. Bugun u juma namoziga tashrif buyurib, qisqa nutq qildi. U oʻz nutqini musulmonlarning birdamligi toʻgʻrisidagi hadisdan boshlab, butun mamlakatning musulmonlarga hamdarligini izhor qildi.

Krayscherchliklar oʻtgan hafta mudhish hodisaga guvoh boʻlgan “Al-Nur” masjidi oldidagi maydonga namoz uchun yigʻilar ekanlar, Ouklend, Vellington va Kraystcherch ayollari, hatto baʼzi bolalar ham boshlarida roʻmol bilan keldilar.

“Nima uchun men bugun roʻmol oʻradim? Chunki yana qurol koʻtargan kimdir koʻrinsa, men u qurol oʻqtalgan kishi bilan yonma-yon turishni, uning bizni farqlolmasligini xohlayman. Aslida ham farqimiz yoʻq”, deydi kraystcherchlik Bell Sibli.

“Men boshimda roʻmol bilan ish joyimga kirganimda menga tikilayotgan insonlar oldida roʻmol sababli noqulaylikni his qildim. Men umrimda birinchi marta musulmon ozchilikdan biri boʻlish qanday boʻlishini his qildim”, dedi ouklanlik Rachel Mak Gregor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi zelandiyalik ayollar musulmonlarni qoʻllab-quvvatlash uchun roʻmol oʻradilar (foto)