14:17 / 25.03.2019
3 474

Sochi tomon uchib borayotgan samolyotni yashin urdi

Sochi tomon uchib borayotgan samolyotni yashin urdi
Foto: “RIA”
Qozon shahridan Sochi tomon uchib borayotgan samolyotni yashin urdi. Bu haqida Sochi shahridagi aeroport matbuot xizmati xabar berib oʻtdi.

Voqea aeroportdan 35 kilometr uzoqlikda roʻy bergan. Bu vaqtda qoʻnishga tayyorgarlik koʻrilayotgan edi. Yashin urganiga qaramay samolyot muvaffaqiyatli qoʻngan va yoʻlovchilardan hech kimga zarar yetmagan.

Qoʻngandan soʻng samolyot texnik koʻrikdan oʻtkazildi va Vnukovodagi bazaga yuborildi. Moskvaga uchishi lozim boʻlgan yoʻlovchilar esa boshqa reyslarga oʻtkazilgan. Eslatib oʻtamiz, yanvar oyida Rimdan Moskva tomon uchayotgan Airbus A320 samolyotiga ham yashin tekkan edi. Ammo unga hech qanday shikast yetmagan va Sheremetyevo aeroportiga muvaffaqiyatli qoʻngan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sochi tomon uchib borayotgan samolyotni yashin urdi